insurez
16-06-2024 09:48

KATTAQOʻRGʻON SHAHAR HOKIMI GAVHAR ALIMOVANING   KATTAQOʻRGʻONLIKLARGA QURBON HAYITI TABRIGI


Assalomu alaykum, aziz kattaqoʻrgʻonliklar!

Avvalo barchangizni shukronalik va mehr-oqibat ayyomi– muborak Qurbon hayiti bilan samimiy qutlayman. 

Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi olijanob fazilatlar, bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashdagi oʻrni va ahamiyati

beqiyosdir. Bu qutlugʻ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimizning tinchligi, osmonimiz musaffoligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. 

Azizlar!

Ushbu qutlugʻ ayyomning ahamiyati naqadar yuqori ekanligini shu kunlarda el-yurtimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat,shafqat va saxovat tuygʻularini, ehtiyojmand

oilalar, yolgʻiz keksalar, bemorlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlarni yanada kuchliroq namoyon boʻlishi misolida ham koʻrishimiz mumkin. 

Albatta, bu kabi xayrli amallar insonni aziz va mukarram deb bilishga, uning qadrini

ulug’lash hamda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarimizga ham hamohangdir. Shunday fazilatli kunlarda qarindosh-urugʻlarimiz, yaqinlarimiz

holidan xabar olish, maʼnaviy ozuqa olish uchun ham yaxshi imkondir.

Qadrli hamshaharlar!

Barchangizni yana bir bor muborak Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman. Shahrimizning duogoʻy keksalarining bugungi tinchligimizning barqaror boʻlishi hamda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu tilaklari ijobat boʻlsin! 

Xonadonlarimizni fayzu baraka va osoyishtalik, tinchlik va xotirjamlik tark etmasin!

Teglar
- -