insurez
13-09-2025 16:47

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.


Bugun, ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi G.Alimova mas'ullar hamrohligida “Yakkabog‘” mahallasida joylashgan "CLASSIC MOTOR" MChJ faoliyati o'rganildi.

Mazkur korxona neftni qayta ishlab, dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlari ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 35 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorga va xorijga eksport qilish orqali yetkazib berilmoqda. Joriy yilning o’tgan davrida korxona faoliyati natijasida 2024 yilga nisbatan 50 foizga o‘sishga erishilgan. 

O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi va eksport hajmini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Teglar
- -