26-02-2025 11:39
Kattaqoʻrgʻon shahar Drama teatrida "TURON" maktab teatri tanlovining shahar bosqichiga start berildi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarda notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.