Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodiy jamoasi ayni vaqtda Indoneziya davlatining Surabaya shahrida ijodiy gastrolda.
“Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri” va Indoneziya davlatining Jakarta shahar “Bumi Purnati” teatri bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" spektakli, Indoneziya davlatining Surabaya shahar hokimining taklifiga binoan Surabaya shahridagi “Balai Budaya” teatrida 2-premyerasi bo'lib o'tdi.