insurez
23-01-2025 11:40

KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR 2-SEKTORDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Bugun Kattaqo’rg’on shahar 2-sektor hududidagi “Nurafshon” mahallasida shahar prokurori Ismoil Nuriddinov tomonidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodieva va Respublika ishchi guruhi vakili  ishtirokida hududdagi fuqarolar muammolarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. 

Qabul jarayonida ishtirok etgan 60 ga yaqin fuqarolardan tushgan 29 ta o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bo'yicha murojaatlari o'rganildi. Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning sog’ligini tiklash, ishga joylashtirish, kasbga o'qish, uy-joyini ta'mirlash, moddiy yordam ko‘rsatish, tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi. 

O'tkazilgan qabul davomida 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarni yechimi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Teglar
- -