insurez
25-08-2025 15:03

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA REKTOR TAYINLADI


Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatni ravnaq toptirish, kadrlar, professor-o'qituvchilar malaka va tajribasini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Uni Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova olib bordi.

Tadbirda tashkiliy masala ko'rildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 533-sonli qaroriga muvofiq Urakov Sherzod Raxmonovich Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
Qarorni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Ilyosbek Sharipov o'qib eshittirdi.

Teglar
- -