Kambag‘allikdan farovonlik sari
Shahrimiz mahallalarida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga asosan mas’ullar tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2-sektor hududidagi "Do‘stlik" mahallasida shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Furqat Nadjimov hamda mahalla faollari ishtirokida 5 ta kam daromadli xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlanishi, oilaviy sharoiti va kommunal sohadagi mavjud muammolari bo‘yicha huquqiy yordamlar ko’rsatishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.