Kambag‘allikdan farovonlik sari
Shahrimiz mahallalarida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga asosan mas’ullar tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 1-sektor hududidagi "Gʻarb machit" mahallasida shahar hokim oʻrinbosari, Oila va Xotin qizlar boʻlimi boshlig‘i Shaxlo Kuchkarova hamda mahalla faollari ishtirokida 5 ta kam daromadli xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarning layoqatlariga ko’ra bandligini ta’minlanishi bo‘yicha va kasb-hunarga o‘qitish, orqali ushbu oilalarning daromadini oshirishga, ayollar daftari orqali hamda o'qish kontraktiga yordam ko'rsatishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.