Kambag‘allikdan farovonlik sari
Shahrimiz mahallalarida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga asosan mas’ullar tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Xususan, 1-sektor hududidagi "Damariq" mahallasida shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i F.Nadjimov hamda mahalla faollari ishtirokida 5 ta kam daromadli xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarning layoqatlariga ko’ra bandligini ta’minlanishi bo‘yicha ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga o‘qitish orqali ushbu oilalarning daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.