JINOYAT JAZOSIZ QOLMAYDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinovlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda texnikum pedagogik jamoasi va shahrimizdagi professional ta’lim muassasalari rahbarlari qatnashdilar.
Yig‘ilishda so‘z olganlar ta’lim tizimida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ushbu illatga qarshi kurashish, professional ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonlarida qonun ustuvorligini ta’minlash borasida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda soha xodimlarining yosh mutaxassislarga sifatli ta’lim berish, kasb-hunar mahoratlarini o‘rgatishdek sharafli va mas’uliyatli pedagoglik kasbiga munosib bo‘lishlari lozimligi hamda bu boradagi qonunbuzarliklar uchun albatta, jazo muqarrarligi ta’kidlandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.