JASORAT MAKTABI O‘QUVChILARI QASAMYОD QABUL QILDILAR
Kattaqo‘rg‘on garnizonida Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ishtixon va Nurobod tumanlaridagi Jasorat maktablarining jasorat sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 393-sonli qaroriga ko‘ra har bitta tumanda Jasorat maktablari tashkil qilindi. Joriy o‘quv yilida Mudofaa vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil qilingan mazkur maktablardagi jasorat sinflarining ilk o‘quvchilari o‘qishga qabul qilindi.
Shahrimizdagi 14 – maktabdagi jasorat sinfiga ham 26 nafar 5 sinfni tugatgan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 26 nafar o‘quvchilar o‘qishni boshladi.
Ushbu sinflardagi darslar 5 ta fandan chuqurlashtirilib harbiy tizimga ixtisoslashtirilgan holda o‘tiladi. Maktabni 9 sinfini bitirgan o‘quvchilar «Temurbeklar» maktabiga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Shuningdek, 11 sinfni tamomlagan o‘quvchilarga keyingi o‘qishlarini davom ettirishlari uchun 15 % li imtiyozlar mavjud.
Tadbir davomida qasamyod qabul qilgan yoshlarni muborakbod etdilar va kelgusida mard va jasur yigit-qizlar bo‘lib voyaga yetishlari, yurtimizni tinchligi va osoyishtaligini asrash, yanada taraqqiy etishiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdilar.
Farzandlari jasorat sinfiga qabul qilinganidan qalblari quvonchga to‘lgan ota-onalar kelgusida ularni vatanparvar, yurtga sadoqatli yigit-qizlar bo‘lib kamol topishlariga doim ko‘makchi bo‘lishlarini ta’kidladilar.