30-06-2025 07:10
#Jarayon
Ayni paytda, Kattaqoʻrgʻon shahrida "Yoshlar kuni" munosabati bilan aholini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda ommaviy sportga yo‘naltirish maqsadida, "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida marafon o‘tkazilmoqda.
Marafon shahar hokimligi, tashkilotlar rahbarlari va vakillari, harbiylar, yoshlar hamda xalq faollari ishtirokida Kattaqoʻrgʻon shahriga kirish darvozasidan Amir Temur koʻchasi boʻylab bo‘lib o‘tadi.