Janubiy Koreyaning Seul shahrida Xalqaro Nordik universiteti va ICLEI tashkilotining Sharqiy Osiyo kotibiyati hamkorligi doirasida o‘quv-seminar tashkil qilindi
Xalqaro hamkorlik
Seminarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini samarali boshqarish, shaharsozlikni rivojlantirish, kam uglerodli binolarni joriy qilish va yashil transport tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga e'tibor qaratildi.
XNU Akademik ishlar bo‘yicha prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurovlar boshchiligidagi delegatsiya seminarda ishtirok etib, ICLEI tashkilotining Sharqiy Osiyo kotibiyati rahbari janob Shu Ju bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muzokaralar davomida energiya tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror transport infratuzilmasini rivojlantirish borisida tajribalar almashildi.