insurez
10-07-2024 17:04

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT


Bugun shahar hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi tomonidan Amir Temur mahallasida tashkil qilingan uchrashuv ushbu mavzuda bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari J.Gʻaniyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi boshligʻi Q.Boykalonov, Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi shahar hodimi B.Qodirov va Qoriravot masjidi imomi S.Roʻziyev ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar aholining dunyoqarashini ma’naviy jihatdan yuksaltirish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -