ISTIROHAT BOG‘I OBOD BO‘LMOQDA
Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida shahrimizdagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.
Mazkur istirohat bog‘i hozirda davlat xususiy sheriklik asosida mahalliy tadbirkorga berilgan.
Istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlarining maroqli dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, shahar hokimi tomonidan bog‘ rahbariga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda zamonaviy loyihalar asosida atraksionlarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.