insurez
18-06-2025 17:55

“ISLOHOTLAR SHTABI” YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI


Ma’lumki, 16-iyun kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida bir qator vazifalar belgilab olindi. Shu jumladan, hududlarda tegishli tashkilotlar  vakillari ishtirokida “Islohotlar shtabi”ni tuzish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida shahar mahallalarini rivojlantirish va aholiga kompleks xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Islohotlar shtabi”ning yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Respublika vakili, shahar hokimi Gavhar Alimova hamda mas’ul tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida shtab a’zolari va mas’ul tashkilotlar tomonidan shaharda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi va bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -