ISHGA MARHAMAT MONOMARKAZIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizdagi Ishga marhamat monomarkazida Mehnat migratsiyasi agentligi va Samarqand viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida tadbir tashkil qilindi. Unda chet davlatda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni til bilishlari, zamonaviy kasb-hunarga va tegishli huquqiy bilimlarga ega bo‘lishlari lozimligi haqida, hamda bu borada Tashqi mehnat migratsiya agentligi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, ertaga 20-dekabr kuni soat 10.30 dan 17.00 gacha shahrimizdagi Ishga marhamat Monamarkazida Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk (Ekaterinburg) viloyatidagi IP Tupikin A.A. non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi vakili tomonidan suhbat o‘tkazilishi belgilab olindi. (Kattaqo'rg'on shahar Ipak Yo'li 25 uy)
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.