Ishchi guruhi tomonidan mahalla yettiligi o'rganildi
Mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas'ul bo'lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta'minlash maqsadida hududlarda "Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganib borilmoqda.
Xususan, bugun bu borada Kattaqo’rg’on shahar Amir Temur MFY da Respublika Soliq Qo’mitasi boshqarma boshlig’i A.Qurbonov boshchiligidagi ishchi guruh bo'lib, mahalla yettiligi faoliyati, ushbu mahalla hududidagi ijtimoiy soha ob’ektlarida, aholi xonadonlarida tomorqadan unumli foydalanish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o'rganildi.