ISHCHI GURUH VAKILI KATTAQO’RG’ON SHAHRIDA
Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-oktabr kuni o'tkazgan mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan tuzilgan Vazirlar Mahkamasi "Ishchi guruh"i vakili Suyarjon Kurbankulov Kattaqo’rg’on shahrida bo'lib turibdi.
Dastlab, shahar hokimi, mahalla "yettilik" a'zolari rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.
Shundan so’ng shahar hududida amalga oshirilayorgan ishlar o’rganildi.
Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.




