insurez
20-08-2024 16:58

Iqtisodiy masalalar muhokama qilindi


Bugun shahar hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari I.Mamatov, shahar prokurori I.Nuriddinov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahallalardagi hokim yordamchilari, banklar, soliq inspeksiyasi va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda shaharda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, mahallalar kesimida muddati o‘tgan kreditlarni qaytarilishi borasidagi ishlar hamda shahardagi mavjud korxonalarning bugungi kundagi faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda shahar kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan kuz- qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar hamda noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ham mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -