IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR MUHOKAMA QILINDI
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi majlislar zalida shaharning 2025–2026-yillardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil qilish va ularni yana-da takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Buranov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari I.Mamatov, iqtisodiy kompleksga kiruvchi tegishli tashkilotlarning viloyat va shahar darajasidagi rahbar hamda masʼul xodimlari, shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va mahalla raislari ishtirok etdi.
Mazkur muhokama doirasida mavjud kamchiliklar va muammoli jihatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifa, ko‘rsatma va topshiriqlar yuklatildi.
Shu bilan birga, kelgusi davrda shahar iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab olindi.




