insurez
15-04-2025 15:35

IQLIM SAMMITI: TABIAT BEFARQLIKNI KECHIRMAYDI


Dunyo miqyosida xalqaro global muammolarni hal etish, iqlim musaffoligini asrash, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasida ICLEI xalqaro tashkiloti davlat va jamiyatni e’tiborini qaratishga harakat qilib keladi.

Toshkent Xalqaro Nordik universitetining tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on shahrining mazkur tashkilot bilan aloqalari paydo bo‘ldi. Bu borada imzolangan hamkorlik memorandumi asosida  o‘tgan yilning 15-20 dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan  xalqaro o‘quv-seminarida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, shahrimiz ushbu tashkilotga a’zo bo‘ldi. 

Joriy yilning 13-17 aprel kunlari ICLEI xalqaro tashkiloti tomonidan Janubiy Koreyaning Koyang shahrida 30 ga yaqin  bir qator davlatlarning vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan Iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan xalqaro sammitda Kattaqo‘rg‘on shahar  Ekopartiya a’zosi, deputat Jamshid Nosirov ma’ruzasi bilan qatnashmoqda.

Teglar
- -