insurez
19-03-2025 16:40

Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringni olib borish va tahlil qilish borasida Kattaqo’rg’on shahrida amalga oshirilayotgan ishlar


Inson salomatligiga ta’sir etuvchi ba’zi xavfli omillar:

• Jismoniy

• Kimyoviy

• Biologik

• Psixofiziologik

Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish yashash muhitida turli xil xavflarning ta’sir darajasi va davomiyligini kamaytirishga qaratilgan turli chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yunalishlaridan biri bu – Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, Respublika xududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshiradi.

Yuqumli kasalliklarni inson salomatligiga xavfli ta’sirini boshqarish uchun bunday kasalliklarga qarshi axoli emlanadi. Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarni 13 turiga qarshi milliy rejali emlash kalendariga muvofiq bolalar emlanadi.

№ VAKSINA REJA 2 oyda emlandi

1 VGV Verusli gepatit “V” 4335 966

2 BSJ Sil kasalligiga qarshi 4335 966

3 OPV Shol kasalligiga qarshi 9709 2712

4 Rota Ichan infeksiyasiga qarshi 7593 1924

5 AKDS Kuk yutal, bug‘ma, qoqsholga qarshi 2040 595

6 XIB Qon infeksiyasiga qarshi 2040 595

7 Pnevmo Pnevmoniyaga qarshi 9498 2001

8 IPV Sholga qarshi 3772 920

9 KPK Qizamiq, qizilcha, tepkiga qarshi 3965 985

10 ADS-M Bug‘ma, qoqsholga qarshi 3815 may

11 VPCh Bachadon buyni saratoniga qarshi 1680 Aprel-may

Bundan tashqari mavsumiy kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari ham olib boriladi, jumladan qish mavsumida Gripp kasalligiga qarshi emlash tadbirlari olib boriladi.

Gripp kasalligiga qarshi emlash joriy mavsum davomida jami 4050 doza “Grippol plus” vaksinasi olib kelindi va 3815 nafar MTM tarbiyalanuvchilari, hamda 235 nafar 5-son maxsus internat tarbiyalanuvchilari gripp kasalligiga qarshi emlandi.

Aholi orasida yuqumli kasallik tarqalishini oldini olishda profilaktik sanitariya targ‘ibot ishlarini olib borish ham muhim o‘rin tutadi.

Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringni olib borish va tahlil qilish natijasida yuqumli kasalliklarni mavsumiyligiga, demografik tarqalishiga e’tibor qaratgan xolda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan qishgi mavsumda seminarlar “Gripp o‘tkir respirator kasalliklari” “Ovqatdan zaxarlanish, botulizm kasalligini oldini olish”, “Virusli gepatit” mavzusida o‘tkazilgan bo‘lsa, bahorgi mavsumga “Qo‘ziqorindan zaharlanishni oldini olish”, “Kampirchopon o‘rug‘idan zaxarlanmang”, “Quturish kasalligini oldini olish”, “Qrim-Kongo kasalligi haqida bilasizmi” mavzularida olib borilmoqda.

Sherbek Tillayev, Sanepidqumita Kattaqo'rg'on shahar bo'limi boshlig'i

Teglar
- -