INSON QADRI UCHUN
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan shahar Drama teatrida xayriya marafoni o‘tkazildi. Shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirga shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, turli soha xodimlari, tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar ushbu marafon yurtimizda inson qadri uchun, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga hamohanligi, oramizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxurlik qilishimiz ham farz g‘am qarz ekanligi, qolaversa, xayrli ishni har kim har kuni qilishi lozimligini ta’kidlashdi.
Albatta, bu kabi xayrli tadbirlar ko‘plab o‘ksik dillarga quvonch bag‘ishlaydi, ularni ertangi kunga bo‘lgan ishonchini orttiradi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.