Inson -aziz, xotira- muqaddas!
O‘zbekiston “Veteran” birlashmasi tashkil topganligining 31 yilligi hamda Afg‘onistonda ekstremizmga qarshi harbiy harakatlar tugatilganligining 36 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimligi, Xalq qabulxonasi, deputatlar, “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi shahar bo‘linmasi a’zolari, yoshlar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar Afg‘on urushi qatnashchilari hamda Mustaqilligimizni saqlash yo‘lida jon fido qilgan hamshaharlarimizni xotiralarini yodga oldilar. Ushbu urushda kattaqo‘rg‘onlik I.Bozorov, Z.Raxmonov, Q.Estemesev, Q.Ismatov hamda sarhadlarimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan U.Barnoev, B.Ergashev, J.Rasulovlarning jasoratlari yuksak namuna bo‘lishini va ularning yorqin xotiralar abadiy saqlanishini ta’kidladilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.