INGICHKALIK YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT
Ingichka shaharchasidagi 15 sonli maktab o‘quvchilari uchun katta qulaylik yaratildi. “Tashabbusli byudjet” 2024- yilning 2-mavsumida g‘olib topilib, 660 mln. so‘m pul mablag‘ga ega bo‘lgan maktab o‘quvchi-yoshlar uchun sun’iy qoplamali futbol hamda vorkaut maydonchasi qurib bitkazildi.
Bugun ushbu sport inshootlarning foydalanishga topshirilish tadbirida shahar hokimi o‘rinbosarlari, jamoatchilik, ta’lim sohasi vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar bu inshootlar yoshlarni bilim olishlari bilan birga sport bilan shug‘ullanishlariga ham katta imkoniyat bo‘lganligini ta’kidladilar va kelgusida muassasadan respublika, jahon chempionlari chiqishiga tilak bildirdilar. Shundan so‘ng Ingichkadagi madaniyat uyi hamda sport to‘garaklari a’zolarining chiqishlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yaxshi niyat bilan ushbu hududga daraxt ko‘chatlari ekishdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.