insurez
25-09-2025 11:01

INGICHKALIK YOSHLAR MAMNUN BO‘LDILAR


Keyingi yillarda Ingichka shaharchasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan ingichkalik o‘g‘il-qizlar mamnun bo‘lmoqdalar. 

Jumladan, bugun ushbu ishlarning davomi sifatida  “Tashabbusli byujdet”  hisobidan “Konchilar o‘yingohi”da qurilgan yengil konstruksiyali sport zali foydalanishga topshirildi. Ochilish tadbirida shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari, ingikalik yoshlar, sport murabbiylari ishtirok etdilar.

So‘z olgan shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniyev va boshqalar bu kabi ishlar yurtimizda yoshlarni sportga jalb qilish, sportni rivojlantirish borasidagi ishlarning natijasi ekanligini taʼkidladilar va kelgusida ingichkalik yoshlar orasidan ko‘plab jahon chempionlari chiqishiga tilak bildirdilar.

Albatta, bu shart-sharoitlar  yoshlarni sport sohasidagi iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun ulkan imkoniyatdir.

Teglar
- -