insurez
05-06-2025 20:44

INGICHKADA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Avval xabar (https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi/18235) berilgandek, bugun Kattaqo’rg’on shahar Ingichka qo’rg’onidagi 15 maktab binosida Samarqand viloyat hokimining o’rinbosari Akmal Shukurov tomonidan mas’ul rahbarlar ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda shuningdek, viloyat boshqarmalari vakillari, shahar hokimining o’rinbosarlari, shahar Xalq qabulxonasi va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida fuqarolardan ichimlik suvi, yer ajratish, ishga joylashish, uy ta’miri, kadastr hujjatlari kabi masalalar bo’yicha tushgan 20 dan ortiq murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Vaqt va mablag’ talab qilinadigan murojaatlarni ijrosi nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga yo’naltirildi.

 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -