insurez
28-08-2025 18:15

IMOMLAR “ZAKOVAT”DA BELLASHDILAR


Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik tantanalari arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

“Zakovat” o‘yini doirasida intellektual bellashuvi bilan bir qatorda sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etildi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan Kattaqo‘rg‘on shahar imom xatiblari ham o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar hamda faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 

Taqdirlash davomida so‘zga chiqqanlar, yurtimiz istiqlol ayyomi munosabati bilan o‘tkazilayotgan musobaqaning ahamiyati haqida so‘zladilar hamda ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar. 

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -