"Imom al-Buxoriy va Sukarno" asari
Oldin habar berganimizdek Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining Indoneziya Respublikasidagi hamkori "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari tomonidan hamkorlikda sahnalashtirilayotgan dramaturg Goʻzaloy Matyoqubova qalamiga mansub "Imom al-Buxoriy va Sukarno" asari “Oʻzbekiston xalq artisti”, rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilmoqda. Shu kunga qadar online ishlayotgan asarni ijodkorlarini bir sahnada ijro qilish hamda muhlislarga namoyish qilish maqsadida 25 nafardan iborat Indoneziyalik ijodkorlar Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdi. Ushbu spektaklni boshqa spektakllardan farqi shundaki, Indoneziyalik asar qaxramonlarini ushbu mamlakat aktyorlari va O’zbekistonlik asar qaxramonlarini Kattaqo’rg’on shahar drama teatri aktyorlari ijro qilmoqda.