Ilm - saodat kaliti, bilim olish esa jasoratdir
Bugun, shahar hokim o’rinbosari Jasurbek G’aniyev shahrimizdagi 8-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktabning 11-sinf oʻquvchilari bilan uchrashib, ularning OTM imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishi, bitiruvchi oʻquvchilarning sertifikat olish natijalari bilan tanishib, oʻquv yili yakunida ustozlaridan olgan bilimlarini to'gri yo'naltirib, OTM ga kirish boʻyicha yaxshi natija koʻrsatishlari lozimligini aytib oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida J.G‘aniev tomonidan o‘quvchilarga o‘z ustida ishlash, xorijiy va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish, chuqur bilim olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, qo‘shimcha to‘garaklarda yuqori natijalarga erishayotgan maktab o‘quvchilari munosib rag‘batlantirildi.




