MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on shahar 9-son umumta’lim maktabida faoliyat yuritgan boks tugaragi tugatilgani yuzasidan fuqaro R.Vafoevning murojati tarqalgan.
Mazkur murojat yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari A.Daminovning ma’lum qilishiga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan murojaat joyida o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish davomida hozirgi vaqtda maktabdagi darslar 2 smenada olib borilayotganligi va sport zalda o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlariga hamda o‘quvchilarni sportning mini futbol, volleybol, basketbol kabi boshqa turlari bilan shug‘ullanishlariga o‘rnatilgan boks ringi halaqit qilganligi sababli, bundan keyin o‘tkaziladigan musobaqalarda qayta o‘rnatilishi uchun vaqtincha olib qo‘yilganligi, shuningdek boks murabbiyi malaka toifasiga ega bo'lmaganligi sababli u bilan tugaraklarni o‘tish bo‘yicha hech bir huquqiy shartnoma tuzilmaganligi aniqlangan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.