insurez
06-07-2024 11:55

IJODIY IMTIHONLARGA TAYYORGARLIK QANDAY?


2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Jumladan, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida ham ilk bor Musiqa ta'limi yo‘nalishiga qabul qilinayotgan abituriyentlardan ijodiy imtihon qabul qilinadi. 

Joriy yilning 5-iyul kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Diyor Umarov, mutaxassis G‘.Tog‘ayev filialimizda bo‘lib, ijodiy imtihon jarayonlariga ko‘rilgan tayyorgarlikni ko‘zdan kechirdi. Vakil o‘z tavsiyalarini berib, tayyorgarlikni yuqori baholadi.

Teglar
- -