insurez
07-04-2025 09:52

“ICT4Girls” olimpiadasida 400 ga yaqin qiz bellashdi


O‘quvchi qizlar o'rtasida sport dasturlash bo‘yicha “ICT4Girls” O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi. 

Unda barcha hududlar – 12ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida tahsil oluvchi jami 400ga yaqin qizlar ishtirok etib “Yandex Contest” platformasida berilgan masalalarni ishladilar. 

Ushbu olimpiadada Kattaqo'rg'on shahridagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Dagarova Soliha ham ishtirok etib 1-saralash bosqichida 2-o'rinni egallab, keyingi bosqich yo'lanmasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 12 nafar qiz ICT4Girls olimpiadasi g‘olibi deb topilib,  Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etish uchun o‘zaro bellashadi.

Teglar
- -