insurez
14-11-2024 11:58

Ichimlik suv ta'minoti va oqova xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlar o’rganildi


Bugun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi binosida "O‘zsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari X.Raxmatullaev, "Samarqand suv ta’minoti" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. 

Qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolardan ichimlik suvi to‘lovlarini hisoblash, hisoblagich o‘rnatish, ish joyiga tiklash, ichimlik suvi quvurlarini yangilashga oid murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati                                                       

Teglar
- -