Hokimlik xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Siyosiy-ma’rifat soatida ishtirokchilar hafta davomida yurtimizda va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqea va hodisalar tafsiloti hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar bilan tanishdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tarixiy tashrifi tafsilotlari, yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi.
Shuningdek, shahar hokimligi apparati xodimlarining savodxonligini oshirish hamda bilimlarini mustahkamlash maqsadida "O'zbek tili" mavzusida diktant o’tkazildi.