insurez
22-11-2024 09:45

Hokimlik xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi


Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, hafta davomida respublikamiz va xorijda ro‘y bergan voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarida joriy yilning 18-19-20-noyabr kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlardagi ma’ruzalari haqida ma’lumot berib o‘tildi. 

Shundan so‘ng o‘quv soati ishtirokchilariga davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun tadbirlari, yurtimizda olib borilayotgan isloxotlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar va  davlat xizmatchilarining salomatliklarini asrashga oid ma’lumotlar havola qilindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -