Hokimlik hovlisiga chinor daraxti o‘tqazildi
Shahrimizda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, bugun ushbu xayrli tadbirlar davomi sifatida shahar hokimligi hovlisiga ham daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova tashabbusi bilan uzoq yillik daraxtlar sirasiga kiradigan chinor daraxti ko‘chatlari yaxshi niyat bilan ekildi. Shuningdek shahar hokimi tomonidan shaharni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
O‘ylaymizki, ushbu daraxt ko‘chatlari kelgusida shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk berishi bilan birga biz nafas olayotgan havo musaffoligini saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.