HOKIM YOSH KITOBXONNING YUTUG'INI E'TIROF ETDI
Avval xabar berilganidek, yaqinda Andijon viloyatida o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovi 2024-yilgi mavsumining respublika final bosqichida SamDU Kattaqo'rg'on filiali 4-bosqich talabasi Ochilova Muxlisa faxrli 3-o'rinni egallab, 50 million so‘m pul mukofoti sovrindori bo'ldi.
Bugun shahar Madaniyat saroyida o’tkazilgan tadbirda Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan Muxlisa Ochilovaning ushbu muvaffaqiyati e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg’asi topshirildi.
Shuningdеk, bu kabi tanlovlar yoshlar o'rtasida kitobxonlikni kеng targ'ib etish va ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi, qolavеrsa mazkur tanlov orqali yoshlarning ko'proq kitoblar o'qiyotgani, muhimi, kitobxonlik yoshlar bilimini boyitib, dunyoqarashini kеngaytirishi, mahallalarda kitobxon yoshlarning soni ortib borayotganligi ta'kidlandi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.