Hokim va yoshlar uchrashuvi
Bugun shahrimizdagi 14-umumta'lim maktabida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan o'quvchilarga dushanba kuni "OZIQ- OVQAT XAVFSIZLIGI" mavzusidagi "Kelajak soati" darsi o'tildi. Shahar hokimi o'quvchi-yoshlarga shaharda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar va islohotlar to'g'risida gapirib o'tdi hamda tadbir doirasida yoshlarga O'zbekistoning oltinga teng yerlarida yetishtirilayotgan mevalarni inson organizmi uchun foydali tomonlarini misollar orqali tushuntirdi.
Dars so'ngida shahar hokimi iqtidorli o'quvchilar bilan maktab hovlisiga yaxshi niyatlar bilan ko'chat ekdi. Yoshlarga maktabni yashil makonga aylantirish, har bir ekilgan niholni parvarish qilish lozimligi, ekologiyani tozaligini asrash eng katta burchimiz ekanligi ta'kidlandi.
Tadbirdan o'quvchilar katta taasurot oldilar.