“Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” o‘tkazildi
Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, Universitet rektori Jasur Rizaev, mas’ul rahbarlar hamda ushbu ta’lim dargohini tugallayotgan kattaqo‘rg‘onlik va qo‘shni tuman bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Dastlab shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar bilan birga yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan shahrimizda malakali yosh kadrlarga berilayotgan e’tibor to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Humoyun Xamraev bitiruvchi yoshlarga birlashmada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek yosh kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, boshqa viloyatlardan kelib ishlaydigan mutaxassilarni qo‘llab-quvvatlash, tegishli tartibda xizmat uylari bilan ta’minlanishi borasida ko‘rsatilayotgan g‘amxurliklar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Tibbiyot universiteti bitiruvchilari o‘zlarini o‘ylantirgan savollariga javob olishdi.
Shundan so‘ng shahar hokimi tomonidan “Namunali eng yosh iqtidorli vrach” nominatsiyasi bo‘yicha hamda tadbir davomida berilgan blis savollariga to‘g‘ri javob bergan bitiruvchi yoshlarga maxsus sovg‘alar topshirildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.