28-12-2024 10:11
“Hokim kubogi” uchun turnir o’tkazildi
Kattaqo’rg’on shahar mahalla yoshlari va kattalar o’rtasida sportning “Shaxmat” turi bo’yicha “Hokim kubogi” uchun sport turniri o’tkazildi.
Turnir natijalariga ko’ra:
1-o’rinni Amir Temur nomli mahalla jamoasi;
2-o’rinni “O’rikzor” mahalla jamoasi;
3-o’rinni “Miyonkol” mahalla jamoalari egallashdi.
G’olib jamoalar shahar hokimligining diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Kattqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.