insurez
27-03-2025 16:48

HAYITLIK ULASHILDI


Xayr-saxovat qilish, mehr ulashish azaldan xalqimizda ezgu an’ana hisoblanadi. Albatta, Muborak Ramazon oyida bu kabi xayrli ishlar yanada o‘zini yuksak namoyon etmoqda. Bu esa ko‘plab insonlarni ko‘ngillariga quvonch ulashmoqda. 

Jumladan, bugun shahar Madaniyat saroyida o'tkazilgan xayriya tadbirida saxovatpesha tadbirkor X.Razzoqov tomonidan 150 nafar kattaqo‘rg‘onlik oilalarga hayitlik ulashildi. 

Unda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova yig‘ilganlarni yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi. Shuningdek, mana shunday ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbirlarni yanada ko‘plab amalga oshishini, bu kabi xayrli ishlarda saxovatpesha tadbirkorlarning munosib hissa qo‘shayotganligini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida xotin-qizlar bu kabi e’tibor va yordam uchun o‘zlarning minnatdorchiliklarini bildirdilar. Tadbir shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining qo‘shiqlari bilan davom etdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -