Harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o'tkazildi!
Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda "Dolzarb 90kun" doirasida SamDU Kattaqo‘rg'on filiali talabalar hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda mahallalardan tashrif buyurgan yoshlar uchun harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.
O'quvchi yoshlarga qurol-aslaxa, harbiy texnika va Qahramonlar nomi barhayot burchaglari, harbiy qism tarix muzeyi, hamda yangi o'quv markazi bilan yaqindan tanishtirildi.