insurez
23-12-2024 18:54

Hamkorlik loyihasi muhokama qilindi


Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Xitoyning Shinjon provinsiyasidan bir guruh qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish kompaniyasi investorlarining shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida xitoylik investorlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -