GUL EKISH AKSIYASI
Bugun shahrimizda gul ekish kuni deb e’lon qilingan edi. Shahrimizni yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida tashkil qilingan xayrli tadbirda Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari hamda yetakchilar ham faol qatnashmoqdalar.
Bo‘lim atrofida turli xildagi gul ko‘chatlarini ekmoqdalar. Shahrimizni obodligiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, - deydilar yoshlar.
Albatta, bugun ekilayotgan gullar shahrimiz ko‘rkiga ko'rk qo‘shishi bilan birga havo musaffoligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.