G‘olib yoshlar hokim tomonidan taqdirlandi
Joriy yilning 18-22 dekabr kunlari Abu Dabi shahrida sportning “Pencak silat” turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo’rg’on shahar Sport maktabi o‘quvchisi Elbek Ernazarov faxrli 1- o‘rinni hamda Sardor Sobijonov 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kattaqo’rg’on shahrida tashkil etilgan yangi yil archasi yonida ushbu yosh sportchilarni taqdirlash tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova g‘olib yoshlar hamda ularning trener-o‘qituvchisini erishgan yutuqlari bilan muborakbod etdi va kelgusida yanada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini tiladi.
G‘olib yosh sportchilar shahar hokimligining qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shundan so’ng harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul va harbiy xizmatchilarning ko’rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.