G’ARBMACHIT MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI
Shahar Xalq qabulxonasi va 1-sektor shtabi tomonidan mahallalarda sayyor qabul o‘tkazish reja-jadvalga asosan bugun 1-sektor hududidagi "G’arbmachit" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda shahar 1 sektor rahbari Ikrom Mamatov tomonidan mazkur mahalla aholisining murojaatlari o'rganildi. Murojaatlar asosan davolanish, ichimlik suvi, ichki yo‘llarni ta’miri va boshqa masalalari bo‘yicha bo'ldi.
Qabul jarayonida 15 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etib, bundan 8 ta murojaat joyida ijobiy hal yetildi, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. 5 ta muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar tegishli mas’ullarga yo’naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, bugungi murojaat yuzasidan sektor rahbari mas’ullar ishtirokida ushbu mahallaning Davlatobod ko’chasidagi masalani joyiga chiqib o’rganildi.