"G’ARB MACHIT" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
Bugun shahrimizning “G’arb machit” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabul davomida mahalladagi tadbirkorlar hamda aholidan 10 dan ortiq o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan kredit ajratish, ichki yo’llarni va irrigatsiya ariqlarini ta’mirlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.