12-08-2025 10:30
G'alaba muborak!
Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabining sobiq o‘quvchisi, hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olayotgan hamshahrimiz Shavkatjon Boltaev Tailandda o‘tkazilgan Osiyo birinchiligi musobaqasida boks bo‘yicha o‘z vaznida Osiyoda tengsizligini yana bir bor isbotladi. Bokschimiz -75 kg vazndagi finalda hindistonlik Neeraj ustidan g‘olib kelib, 4 marotaba Osiyo chempioni bo‘ldi.
Biz Shavkatjonga kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz.




